Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy "PSJ" bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq, "PSJ" 22 yoshli "Bornmut" futbolchisini bonuslarni hisobga olgan holda 67 mln evroga sotib olishi, futbolchining parijliklar bilan shartnomasi esa besh yilga mo'ljallangani ma'lum bo'lgandi.

Yakshanba kuni kechga yaqin Parijga etib kelgan Ilya allaqachon tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolagan, deb yozadi RMC Sport.