Kecha Risharlison va Gabriel o'rtoqlik o'yinidan keyin Instagram'da biroz suxbatlashib olishdi.

Risharlison o'yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin bilan yuklangan suratiga Gabrielni belgilab qo'ygan.

Gabriel bunga javoban APL doirasida "Tottenxem"ga qarshi bo'lgan 3 o'yinda MOTM sovrinlarini olganini Risharlisonga o'z storisida eslatgan.

Buni ko'rgan Risharlison Evropa ligasi kubogi bilan surat joyladi. Gabriel bu suratga hozircha javob bermagan.