Ris Jeyms yangi jarohat orttirib oldi

Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Ris Jeyms yana jarohat oldi. "Ko'klar" sardori "PSJ" bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi. 77-daqiqada angliyalik futbolchi jarohat tufayli zaxiraga olinishga majbur bo'ldi va uning o'rnini Kirnan Dyusberi-Xoll egalladi. Bu vaqtda tabloda "Chelsi" foydasiga 3:0 hisobi qayd etilayotgan edi.
Entso Mareska jamoasi birinchi bo'limda dubl qayd etgan Koul Palmer va yangi o'yinchi Joao Pedro sa'y-harakatlari bilan uchta gol urdi.
Ris Jeyms klublar o'rtasidagi jahon chempionatining joriy mavsumida "Chelsi"ning beshta o'yinida qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.