"Chelsi" sardori Ris Jeyms Premer-ligada g'olib chiqishni orzu qilmoqda. 2021 yilda angliyalik o'ng qanot himoyachisi "ko'klar" safida Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi, APL chempionligi esa hali unga nasib etmadi.

"Men qo'lga kiritishni istagan navbatdagi narsa - Premer-liga chempionligi. Bu juda qiyin - ehtimol, Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishdan ham qiyinroq. Chempionatda sen bir yil davomida cho'qqida bo'lishing kerak, 38 ta o'yinni yaxshi o'tkazish talab etiladi," - deydi Jeyms Sky Sports Premier League’ga bergan intervyusida.

O'tgan mavsumda "Chelsi" APLda to'rtinchi o'rinni egallagandi. Yangi mavsumning 1-turida Entso Mareska jamoasi "Kristal Pelas" bilan ochko bo'lishdi (0:0).