Angliyalik sobiq himoyachi Rio Ferdinandning o'g'li, 20 yoshli Lorents Ferdinand "Brayton" klubi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 2005 yilda tug'ilgan darvozabon faoliyatini rasman "chaykalar" safida boshlaydi va kelgusi mavsumda uni Angliya Premer-ligasi o'yinlarida bevosita ko'rishimiz ehtimoli yo'q emas.

Lorents - Rio Ferdinandning besh o'g'lining to'ng'ichi bo'lib. Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumini "Brayton" turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda yakunlagan edi.