Qozog'istonning etakchi shaxmatchisi Rinat Jumabaev yosh va iste'dodli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov haqida iliq fikr bildirdi:

“Men Nodirbekning shaxmatdagi shakllanishini boshidan kuzatganman. Yoshligidan u bilan Markaziy Osiyo va xalqaro musobaqalarda to'qnash kelganmiz. Birinchi daqiqalardanoq uning yuragida faqat bitta maqsad — g'alaba yashardi”.

Jumabaev, shuningdek, Nodirbekni bugungi zamonaviy shaxmatda eng jangovar va qat'iyatli shaxmatchilardan biri deb ta'rifladi:

“Agar Karuana – kurashni istaydigan jangovar shaxmatchi bo'lsa, Nodirbek bu jihatdan undan ham oldinga chiqadi. U har bir partiyada faqat g'alabani ko'zlaydi. Karlsen bilan ham aynan g'alaba uchun o'ynaydigan kam sonli shaxmatchilar bor — ulardan biri Karuana bo'lsa, ikkinchisi aynan Nodirbek”.

Tavakkal qilishdan qo'rqmaydigan iqtidor: Abdusattorovning pozitsion bilimlari yuqori darajada. U tavakkal qilishdan, murakkab vaziyatlarga kirishdan cho'chimaydi:

“Agar u partiyada keskin burilish yaqinlashayotganini sezsa – bemalol o'sha yo'ldan yuradi. U qo'rqmaydi. U istalgan vaqtda "all-in" qilishga tayyor”.

Shaxmat tojiga da'vogar Jumabaev Nodirbekni shaxmat taxtining yangi egasiga aylanadigan eng real nomzodlardan biri deb biladi:

“Agar u da'vogarlar turniriga yo'llanma olsa, finalga chiqish uchun juda katta imkoniyatga ega. Gukesh bilan bo'ladigan ehtimoliy bahsda ham u autsayder bo'lmaydi. Ular orasida doim keskin kurash bo'ladi va Nodirbek uni tez-tez mag'lub etadi. 2022 yilgi Olimpiadadagi hal qiluvchi o'yin buni isbotlagan — aynan o'sha g'alaba O'zbekistonni Olimpiada chempioniga aylantirgan edi”.

Manba: https://t.me/uzchess