Riko Lyuis "Siti"dan ketadimi? Gvardiola javob berdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Riko Lyuisning kelajagi haqida ma'lumot berdi.
Kuni kecha 20 yoshli umidli futbolchi "Nottingem Forest"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
"Menimcha, u qoladi. Men shunday o'ylayman. U menga shunday dedi! Balki ertaga yoki indinga hammasi o'zgarar. Ayniqsa, 16-17 yoshidan boshlab Premer-ligada g'olib bo'lishimizga yordam bergan Riko, Fil [Foden] va Niko [O'Rayli]ga mehrim baland. Hozir o'ylaymanki, Lyuis qoladi, ammo ertaga nima bo'lishini bilmayman," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.