Richchi: "Yashari - aqlli yigit"

"Milan"ning yangi a'zosi Samuel Richchi klubning yana bir yangi a'zosi - Belgiyaning "Bryugge" klubidan "Milan"ga ko'chib o'tgan shveytsariyalik futbolchi Ardon Yashari bilan munosabatidan mamnun.
"Menimcha, u ajoyib yigit. Sifatli o'ynaydi, integratsiya zarur, lekin u a'lo darajada o'ynayapti. U aqlli," - deya Richchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.