"Atalanta" hujumchi Mateo Retegini o'z safida saqlab qolish ehtimoli past.

Xabaringiz bor, 26 yoshli futbolchi "Al-Qodisiya"dan katta taklif olgan edi. Bergamoliklar hujumchi bilan xayrlashishni istamayapti, shuning uchun unga maoshini ikki barobarga - bir mavsum uchun 4 mln evrogacha oshiradigan yangi shartnoma taklif qilishdi. The Touchline xabariga ko'ra, Retegi rad javobini bergan. Futbolchi hamon Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish niyatida, u erda unga bonuslarni hisobga olgan holda har mavsum uchun taxminan 20 million evro to'lashga tayyor.

Mateo Retegi A Seriyaning o'tgan mavsumida 25 ta gol bilan eng yaxshi to'purarga aylandi. Transfermarkt ekspertlari argentinalik italiyalikning narxini 45 mln evroga baholamoqda.