Reshfordning kelajagi bo'yicha muzokaralar kelasi hafta boshlanadi

Kelasi haftada Markus Reshfordning kelajagi bo'yicha muzokaralarning yangi bosqichi boshlanadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Reshford "Manchester Yunayted" va Ruben Amorimning rejalarida emasligini tan oldi va uning o'tish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Reshford o'tgan mavsumda Premer-ligada 25 o'yin o'tkazdi va 6 gol urdi, mavsumning bir qismini "Aston Villa"da ijara asosida o'tkazdi.