Yaqinda "Barselona" safiga qo'shilgan vinger Markus Reshford yangi jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

27 yoshli ingliz chorshanba kuni "ko'k-anorranglilar" safida yangi o'yinchi sifatida rasman tanishtirildi. Kataloniyaliklar futbolchini "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan.

"Lamin juda iste'dodli. O'tgan mavsumda u dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri edi. Men motivatsiyaga to'laman, sportda hamma eng yaxshilar bilan o'ynashni xohlaydi," - deya javob berdi Markus.

"Barselona" "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisini taxminan 30 mln evroga sotib olishi mumkin.