"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordning "Barselona"ga transferi yakunlanish arafasida turibdi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 26 yoshli ingliz yaqin soatlarda "Yunayted"ning ruxsatidan so'ng Barselonaga uchib ketadi. Kelishuv 100 foiz yopilgan.

Kataloniyaliklar Reshfordni kelasi yozda 30-35 million evro evaziga sotib olishi mumkin bo'ladi.