Reshford "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Barselona" bazasida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli ingliz tibbiy ko'rikdan so'ng Xans-Diter Flik, Deku va Yan Soler bilan uchrashgan.
Bugun jamoa mashg'ulotlari yo'qligi va dam olish kuni bo'lganligi sababli u sport shaharchasida yangi jamoadoshlarining hech birini uchratmadi.