"Barselona" futbolchisi Markus Reshford jamoaning joriy mavsumdagi istiqbollariga optimistik baho bermoqda.

"Ko'k-anorranglilar" La Ligani g'alaba bilan boshladi: 1-tur o'yinida "Malorka" tor-mor etildi - 3:0. Xuddi shu bahsda "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan inglizning debyuti bo'lib o'tdi.

"Bu mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kirita olmasligimizga sabab ko'rmayapman. Jamoamiz g'alaba qozonishga tayyor," - deya 27 yoshli vingerning so'zlarini keltiradi BarcaTimes.