"Barselona"ning yangi a'zosi Markus Reshford klubda nimalarga erishmoqchiligi haqida gapirdi. Angliyalik futbolchi chorshanba kuni "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shildi.

"Barselona" bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqishni orzu qilaman. O'tgan mavsumda jamoa bu maqsadga erishishga yaqin edi. Men "Barsa"ga bunga erishishda yordam berish uchun bu erdaman," - deya Reshfordning so'zlarini keltiradi Managing Barca.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Chempionlar ligasining o'tgan mavsumida yarim finalga qadar etib borgan va ikki o'yinlik qarama-qarshilik natijasiga ko'ra Milanning "Inter" klubiga 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.