"Real" yarim himoyachisi Germaniya klubiga o'tadi

"Real" yarim himoyachisi Andres Chema "Shtutgart"ga o'tadi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 20 yoshli futbolchi 3 mln evroga sotib olinadi. Bitimga "qaymoqranglilar" tomonidan qaytarib sotib olish shartlari, shuningdek, madridliklar futbolchini boshqa klubga sotish ehtimolidan 50 foizini olishi haqidagi band kiritiladi.
O'tgan mavsumda Chema "Real"ning asosiy jamoasi safida La Ligada 2 ta o'yinda maydonga tushdi.