Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozdayoq klubini o'zgartirishi mumkin.

28 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso rejalariga kiritilmagan. Sebalosga Italiyaning "Yuventus", "Roma" va "Atalanta", shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda, ammo u hamon "Betis"ga qaytishni afzal ko'rmoqda, deb yozadi jurnalist Rudi Galetti. Sevilyaliklarga kelishuvni rasmiylashtirish oson bo'lmaydi, ammo ish allaqachon olib borilmoqda.

Dani Sebalos professional faoliyatini aynan "Betis"da boshlagan. 2017 yilda "qirollik klubi" xavbekni transfer uchun 16,5 mln evro to'lab, sotib olgandi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining ayni damdagi narxi 10 mln evroga teng.