“Real” vingerining boshi qotgan

Madridning “Real” klubi vinger Rodrigoni ijaraga berish niyatida emas.
Braziliyalik futbolchi muntazam o'yin amaliyotisiz qolishi mumkin, chunki "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumda Mbappe-Vinisius duetiga tayanishni rejalashtirmoqda.
Rodrigoning o'zi ketishni istamagani bois, optimal echim ijara bo'lishi mumkin, ammo bu variant “qirollik” klubi tomonidan ko'rib chiqilmayapti, deb xabar beradi Defenca Central.
Taxminlarga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi 24 yoshli futbolchini ijaraga olishga tayyor edi.