"Real" va "Benfika" Karreras transferi bo'yicha kelishib oldi

Alvaro Fernandes Karreras yaqin kunlarda "Real" safiga qo'shiladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, madridliklar "Benfika" bilan himoyachini 50 million evroga transfer qilish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. To'lov summasini bo'lib-bo'lib to'lash ko'zda tutilgan.
Karrerasning sobiq klubi "Manchester Yunayted" ispaniyalik futbolchini qaytarib sotib olish huquqidan voz kechganini tasdiqlashi bilan, o'yinchi Madridga yo'l oladi.
2024/25 yilgi mavsumda Alvaro Portugaliya chempionatida 32 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.