"Real" ustozi Alonso APLning ikki yarim himoyachisini kuzatmoqda

Madridning "Real" klubi yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar o'rta chiziqni kuchaytirishi mumkin.
"Qaymoqranglilar" Kobbi Maynu ("Manchester Yunayted") va Adam Uorton ("Kristal Pelas") nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Ikki futbolchiga bosh murabbiy Xabi Alonso yuqori baho bermoqda, deb yozadi Defensa Central.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, 20 yoshli Maynuning narxi 50 mln evroni, 21 yoshli Uortonning narxi esa 45 mln evroni tashkil etadi. Angliyalik yarim himoyachilarning amaldagi shartnomalari muddati mos ravishda 2027 va 2029 yillarga qadar tuzilgan.