"Real Sosedad" xorvatiyalik himoyachi transferini kelishib oldi

Xorvatiyalik himoyachi Chaleta-Tsar kelasi mavsumni Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi safida o'tkazadi. Bu haqda Frantsiyaning L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Lion" 28 yoshli futbolchini 4 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga yuboradi. Shu tariqa, "Lion" maoshlar fondini engillashtirib, transfer bozoridagi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'ladi.
O'tgan mavsumda himoya markazida harakat qilayotgan futbolchi klub miqyosida 28 ta o'yin o'tkazib, 9 ta ogohlantirish oldi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Lion"dan tashqari, Chaleta-Tsar "Shibenik", "Marsel", "Sautgempton" va boshqa ba'zi klublarda o'ynagan.