"Real Sosedad" xavbeki klubdagi 11 yillik faoliyatidan so'ng jamoani tark etdi

Xon Ander Olasagasti "Real Sosedad"dan "Levante"ga o'tdi.
Valensiya klubi 24 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
AS ma'lumotlariga ko'ra, bitim qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 1,5 million evroni tashkil etgan. San-Sebastyan klubi futbolchini keyingi sotish summasining 30 foizini oladi.
Olasagasti 2014 yildan beri "Sosedad" tizimida edi. U La Liganing o'tgan mavsumida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.