Arsen Zaxaryan Ispaniya La ligasining dastlabki turida "Real Sosedad"ning "Valensiya"ga qarshi o'yinida maydonga tushishga tayyor.

Futbolchi bo'lajak o'yin uchun qaydnomaga kiritildi.

Zaxaryan yaqinda virusli infektsiya oqibatlarini bartaraf etib, jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qaytdi, u “Real Sosedad” bilan Yaponiyaga mavsumoldi gastrol safariga chiqa olmadi.