"Real Sosedad" futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi

Arsen Zaxaryan La Liga yangi mavsumi boshlanishiga qadar tiklanish niyatida.
Marca xabariga ko'ra, "Real Sosedad" yarim himoyachisi jamoa bilan mashg'ulotlarga "deyarli normal rejimda" qaytgan.
Iyul oyida Zaxaryan virus tufayli klub bilan Yaponiyaga gastrol safariga bormadi; rossiyalik ilgari mushaklari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan.
Qayd etilishicha, Zaxaryan La Liga mavsumi boshlanishiga qadar tuzalishi va 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan “Valensiya”ga qarshi birinchi tur o'yinida “Real Sosedad” tarkibiga kiritilishiga umid qilmoqda.