"Real" sobiq futbolchisi Vinisiusning muammolari nimada ekanligini aytdi

Alvaro Benitoning fikricha, Vinisius Juniorning muammosi psixologiyada.
"Vinisius bir necha yil oldin, dunyoning eng yaxshi hujumkor futbolchisiga aylanganida tutgan yo'liga qaytishi kerak.
Bu boshqa narsadan ko'ra ko'proq psixologik muammo," - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.
Shuningdek, Benito braziliyalik futbolchining Kilian Mbappe bilan birga bo'lishini muammo emas, balki imkoniyat deb bilishini ta'kidladi. Bundan tashqari, u jamoaga "barcha [sovrinlarga] da'vogarlik qilish uchun kuchli Vinisius kerakligini" ta'kidladi.