"Real" sobiq forvardi Ispaniyadan o'ziga yangi klub topdi

Mariano Dias o'ziga yangi jamoa topdi.
"Real"ning sobiq hujumchisi "Alaves"ga erkin agent sifatida o'tdi. Tomonlar ikki yillik shartnoma tuzdi.
Dominikanlik futbolchining so'nggi klubi "Sevilya" bo'lib, u bu jamoani 2024 yilda tark etgandi. Mariano butun 2024/25 yilgi mavsum davomida o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi.