"Real" Sebalosni sotishga tayyor

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida yarim himoyachisi Dani Sebalos bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
ABC xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati 28 yoshli xavbekni 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, Sebalos bosh murabbiy Xabi Alonso rejalariga ham kiritilmagan.