"Real" Sebalos bo'yicha qaror qabul qildi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Dani Sebalos bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Bu yil yozda matbuotda futbolchining o'yin amaliyoti etishmasligi sababli ketmoqchi ekani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. 28 yoshli ispaniyalik uchun "Betis" asosiy da'vogar sifatida ko'rilayotgandi, ammo transfer amalga oshmaydiganga o'xshaydi. El Larguero xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati va murabbiy Xabi Alonso Sebalosga uni jamoada olib qolmoqchi ekanliklarini bildirishgan. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, xavbek yana kamida bir mavsum Madrid grandida o'ynaydi.
Dani Sebalosning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt saytida futbolchining narxi - 10 mln evro.