"Real" samolyoti Nyu-Yorkka muvaffaqiyatli qo'ndi

"Real" futbolchilari bo'lgan samolyot Nyuark aeroportiga muvaffaqiyatli qo'ndi. El Chiringuito xabariga ko'ra, havo transporti belgilangan manzilga ikki soatga kechikib etib kelgan.
Samolyot shahar osmonida aylanib, bo'ron tufayli qo'na olmadi.
9 iyul, chorshanba kuni "Real" "Midouelnds" stadionida "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq "Chelsi" "Fluminense"ni mag'lub etib (2:0), klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqan edi.