"Real" Salibani kuzatadi

Madridning "Real" klubi "Arsenal"ning yulduz markaziy himoyachisi Vilyam Salibaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, "qirollik klubi" 24 yoshli frantsuz "kanonirlar" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish bo'yicha kelisha olmasa, Saliba uchun darhol harakat boshlaydi.
Hozirda frantsiyalik himoyachi Transfermarkt tomonidan 80 million evroga baholangan.