"Real" Rodrigo uchun talabni 60-70 million evroga qadar pasaytirishga tayyor (Gilem Balage)

Rodrigo katta ehtimol bilan yozda "Real"ni tark etmasa kerak.
Avvalroq, "Manchester Siti" madridliklar vingeri Savio Moreyrani tarkibda saqlab qolishga qaror qilgani uchun uni o'z safiga qo'shib olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jurnalist Gilem Balagening yozishicha, transfer oynasi yakuniga yaqin "Real" Rodrigo narxini 100 mln evrodan 60-70 mln evroga tushirishi mumkin, biroq hozircha klub rasmiy taklif olmagan va braziliyalikning ketishi dargumon.
"Real"ning ta'kidlashicha, avvalroq qiziqish bildirilgani aytilgan "Arsenal" Rodrigoni o'z safiga qo'shib olish uchun aniq choralar ko'rmagan. Shuningdek, klubda vinger "Nyukasl"dan taklif tushsa, unga o'tishga rozi bo'lmasligini taxmin qilishmoqda.