"Real" Rodrigo narxini pasaytirdi

Madridning "Real" klubi Rodrigoga qo'yiladigan talablarni qayta ko'rib chiqishga tayyor.
24 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida klubni tark etishi mumkin, chunki uni jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso asosiy tarkibda ko'rmayapti. Dastlab "qaymoqranglilar" braziliyalik uchun 100 mln evrodan ko'proq so'rashgan, bu esa potentsial xaridorlarni cho'chitgan. Diario AS nashrining xabar berishicha, endi "Real" 90 mln evrodan past takliflarni qabul qilishga tayyor.
Rodrigoga da'vogarlar orasida "Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul", "PSJ" va "Bavariya" klublari bor edi. Madrid grandi yulduzi uchun poygada uzoq vaqt davomida "kanonirlar" favorit hisoblangan.