"Real" rahbariyati "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin futbolchilar bilan jiddiy gaplashmoqchi

“Real” futbolchilari jahon chempionati yarim finalida “PSJ”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (4:0) klub rahbariyati bilan jiddiy gaplashib oladi.
"Qirollik klubi" rahbariyati ba'zi futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabatidan nihoyatda norozi va har kim o'zi qanday klub vakili ekani va bu qanday mas'uliyatni talab qilishini anglab etish vaqti keldi, deb hisoblamoqda.
Vinisius Junior "Real"da eng ko'p tanqid qilinadigan futbolchi. Unga katta umid bog'lashsa-da, klub rahbariyati braziliyalik futbolchini jamoada o'ynashga to'liq e'tibor qaratmagan deb hisoblamoqda.