Chap qanot himoyachisi Fran Garsiya Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin "Real Madrid" rahbariyati u bilan kelajagi borasida muzokaralar olib borishini biladi. 25 yoshli himoyachining o'zi esa qadrdon jamoasida qolishni istamoqda.

Karrerasning ehtimoliy transferiga kelsak, "qaymoqranglilar"ning pozitsiyasi o'zgarmadi: klub 22 yoshli kanteranoning shartnomasida ko'rsatilgan 50 mln evrolik tovon pulini to'lamoqchi emas. "Qaymoqranglilar" bu miqdorni yuqori deb hisoblashmoqda.