Shimon Marchinyak klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yiniga tayinlandi.

Polshalik hakam Shimon Marchinyak boshchiligidagi brigada "Real" va "PSJ" o'rtasidagi 1/2 final bahsini boshqarib boradi.

Joriy klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Marchinyak bir marta "Real" ishtirokidagi o'yinda ishlagan, o'shanda ispan klubi turnirning 1/8 finalida "Yuventus"ga qarshi o'ynagan (1:0).

"PSJ" va "Real" uchrashuvi 9 iyul kuni Ist-Raterfordda bo'lib o'tadi.