"Real" "PSJ"ni tabrikladi

Madridning "Real" klubi "PSJ"ni UEFA Superkubogidagi g'alaba bilan tabrikladi.
Luis Enrike shogirdlari chorshanba kuni penaltilar seriyasida (4:3) “Tottenxem”ni mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritdi.
“PSJ” va klub muxlislarini Evropa Superkubogidagi munosib g'alaba bilan tabriklaymiz”, — deyiladi “Real” matbuot xizmati xabarida.