"Real" o'tishni istayotgan "Liverpul" himoyachisi katta maoshli taklifni rad etdi

Angliya chempionatining amaldagi g'olibi "Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishdan bosh tortdi, deya xabar berdi Sky Sports.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli frantsuz Evropada yuqori saviyada o'yin ko'rsatib, JCh-2026ga yaxshi formada etib bormoqchi.
U "Liverpul" bilan kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Konatening maqsadi - "Real"ga tekinga o'tish.