"Real"ning yangi libosida mashhur ibora bo'ladi (foto)

"Real Madrid"ning joriy mavsum uchun mo'ljallangan yangi uchinchi libosida "Bernabeuda 90 daqiqa juda uzoq davom etadi" yozuvi bo'ladi.

Bu iborani Xuanito 1985 yilgi UEFA Kubogi yarim finalida, "Inter" Madridni 2:0 hisobida mag'lub etgach, "San Siro"da aytgan edi. Javob o'yinida esa "Real" 3:0 hisobida g'alaba qozonib, tarixiy kambek amalga oshirgan.