"Real"ning yangi himoyachisi Marselo va Roberto Karlosga havas qiladi

Alvaro Karreras "Real" sobiq futbolchilari Marselo va Roberto Karlosni o'ziga namuna qilib olganini ma'lum qildi.
Yaqinda "Madrid" klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini "Benfika"dan 50 million evroga qaytarib oldi.
"Aytishim mumkinki, ular ikkalasi ham meni ko'p yillar davomida ruhlantirgan. Men bu erda uch yil bo'lganman va Marseloning o'yinini jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ldim, bu men uchun haqiqiy zavq edi.
Undan oldin bu erda Roberto Karlos o'ynagan, bu juda ajoyib edi. Ular ikkisi ham men uchun namuna hisoblanadi," - dedi "Real"ning chap qanot himoyachisi.