"Real"ning yangi futbolchisi: "Hissiyotlar meni eng muhim narsadan chalg'itishini xohlamayman"

"River Pleyt" klubi hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono Madridning "Real" klubiga o'tish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar" safiga avgust oyida, 18 yoshga to'lganida qo'shiladi. Vunderkindning transfer narxi - 45 mln evro.
"Real"ga o'tish juda hissiy va hayajonli lahza, ammo hissiyotlar meni eng muhim narsadan chalg'itishini xohlamayman. Kelgusi mavsumda jamoaga yordam berish niyatidaman," - deya yosh yulduzning intervyusidan iqtibos keltiradi "Gazeta.Ru."