"Real"ning yangi a'zosi kelasi hafta Madridga keladi

Argentinaning "River Pleyt" klubi hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono Evropaga ko'chib o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 17 yoshli vinger kelasi haftadayoq Ispaniya poytaxtiga etib keladi, deb xabar bermoqda jurnalist Uriel Lugt.
14 avgust kuni Mastantuono 18 yoshga to'ladi, shundan so'ng u rasman "qaymoqranglilar" futbolchisiga aylanadi. Eslatib o'tamiz, transfer qiymati 45 mln evroni tashkil etadi.
"Real" yangi yulduzni yoz boshida sotib olishga kelishib oldi. Argentinalik futbolchi "River Pleyt"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 64 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.