"Real"ning Konate uchun tayyorlab qo'ygan summasi ma'lum bo'ldi

Ibraima Konate transfer oynasi oxirida "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi mumkin.
Frantsiya terma jamoasining 26 yoshli markaziy himoyachisi bilan shartnoma 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Liverpul" erkin agent sifatida "Madrid"ga o'tgan Trent Aleksandr-Arnoldning stsenariysi takrorlanishidan xavfsiramoqda.
Avvalroq, "qizillar" yozgi transferlar oynasining so'nggi kunlarida "Real" Konate transferi bo'yicha taklif bilan chiqishini istisno qilmayotgani oydinlashgandi.
"Qaymoqranglilar" Ibraima uchun 20-25 million evrodan ortiq taklif qilmoqchi emas, chunki frantsuzning kelishuvi muddati qisqa. "Liverpul" esa 50 mln xohlamoqda.
Konate o'tgan mavsumda APLning 31 ta o'yinida 1 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 5 ta sariq kartochka oldi.