Madridning "Real" klubi futbolchilari David Alaba va Dani Sebalos yozda jamoani tark etishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, yarim himoyachi va himoyachining transferini amalga oshirishga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda.

"Qirollik klubi" Alabani jon deb qo'yib yuboradi, Sebalosning ketishi esa qiyinroq masala.