"Real"ning argentinalik yangi futbolchisi moslashuv jarayonidagi muammolardan qo'rqmayapti

Madridning "Real" klubiga yangi kelgan Franko Mastantuono Ispaniyaga ko'chib o'tganidan keyin duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklardan qo'rqmasligini tan oldi.
Ayni paytda argentinalik futbolchi o'z vatanida "River Pleyt" sharafini himoya qilmoqda. U avgust oyida, 18 yoshga to'lganida klubini o'zgartiradi. Transfer "Real"ga 45 mln evroga tushadi.
"Yo'q, men "Real"dagi moslashuv muammolaridan umuman qo'rqmayman. Men uchun bu chaqiriq. Men kelib, tezroq o'zimni ko'rsatmoqchiman," - dedi hujumkor yarim himoyachi OAV vakillari bilan suhbatda.