Argentinalik iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hozirda Italiyaning "Komo" klubi sharafini himoya qilmoqda. 20 yoshli futbolchining transfer huquqining 50 foizi "Real Madrid"ga tegishli.

Xose Feliks Dias xabariga ko'ra, italyan klubi Pasni to'liq sotib olmoqchi. "Qirollik klubi" bu kelishuv uchun 25 million evro so'ramoqda.

Niko o'tgan mavsum "Komo"da 35 ta o'yinda 6 ta gol urib, 9 ta assist berdi.