Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Marca nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli belgiyalik golkiper 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yana 1 yilga uzaytiradi.

Kurtua hozirda Transfermarkt tomonidan 20 million evroga baholangan. U "Real" safida 288 ta o'yinda 282 ta gol o'tkazib yuborgan va 113 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.