"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Lukas Vaskesning jamoadan ketishiga munosabat bildirdi

Chorshanba kuni "Real" himoyachi Lukas Vaskes jamoani tark etishini e'lon qildi. Bu borada Madrid klubi prezidenti Florentino Peres o'z fikrlarini bildirdi.
"Lukas Vaskes - "Real" qadriyatlarining yorqin vakili, shu tufayli u muxlislarimizning eng sevimli o'yinchilaridan biriga aylandi. Ushbu libosda Vaskes muvaffaqiyat uchun zarur bo'lgan mehnatsevarlik, qat'iyatlilik, kamtarlik va g'oliblik ruhini ifodalaydi. U "Real"ning barcha muxlislari muhabbati va e'tirofiga sazovor bo'lgan futbolchi. "Real" uning uyi bo'lgan va shunday bo'lib qoladi," - deya Peresning so'zlarini keltiradi "Real" sayti.
Lukas Vaskes "Real" futbolchisi sifatida 23 ta chempionlikni qo'lga kiritgan.