"Real" himoya chizig'i to'liq bo'lmagan deb hisoblamoqda. Madrid klubi yuqori saviyali himoyachini o'z safiga qo'shib olishdan bosh tortmayapti va Ibraima Konate kabi futbolchiga murojaat qildi. L’Equipe ma'lumotiga ishonadigan bo'lsak, "Real" allaqachon mersisaydliklarni qaysi taklif ko'ndira olishi borasida "Liverpul" bilan bog'langan.

Qayd etilishicha, "Real" Konate uchun dastlab 20-25 million evro taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Biroq, "Liverpul" frantsiyalik futbolchini 50 millionga baholamoqda.

Vaziyatga 26 yoshli Konatening "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha imzolangani ta'sir qilishi mumkin. Ya'ni bir yildan keyin frantsuzni tekinga qo'lga kiritish mumkin bo'ladi.