"Real Madrid" himoyachisining transferini blokladi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Diego Aguado yozda jamoani tark etmaydi.
18 yoshli futbolchiga Dortmundning "Borussiya" va Evropaning boshqa klublari qiziqish bildirayotgan edi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra "qaymoqranglilar" istiqbolli ispaniyalikni joriy transferlar davrida qo'yib yuborishmaydi. Bosh murabbiy Xabi Alonso yosh markaziy himoyachining o'sishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va kelgusi mavsumda unga asosiy jamoada o'zini ko'rsatish imkoniyatini berishi mumkin.
Hozircha Diego Aguadoning Madrid grandi safida bor-yo'g'i bitta o'yini bor. Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uning qiymati Transfermarkt portali tomonidan 1 mln evroga baholanmoqda.