Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Xakobo Ramon "Komo"ga o'tadi.

Avval xabar qilinganidek, 20 yoshli futbolchi Italiya klubiga rozilik bildirgan. Jurnalist Janluka di Martsioning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, "Real" "Komo" bilan kelishuvga ispaniyalik futbolchini 8 mln evro evaziga birinchi navbatda qayta sotib olish huquqini qo'shishga kelishib olgan. Punkt keyingi uch yil davomida amal qiladi.

Xakobo Ramonning hozirgi narxi Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 1 mln evroga baholanmoqda. "Qaymoqranglilar"ning yosh tarbiyalanuvchisi asosan "Kastilya"da o'ynagan va Madrid grandining asosiy jamoasida atigi olti marta o'ynagan.